Light | 19:28 / 15.08.2016
54341
4 daqiqa o‘qiladi

«KFK-Shoes Collection» – erkaklar uchun sifatli va hamyonbop poyabzallar

Odamlar orasida erkak kishining didini u kiygan poyabzalidan bilsa bo‘ladi, degan naql bor. Agarda oyoq kiyim toza va bejirim bo‘lsa, uning egasiga bo‘lgan munosabat va e'tibor yanada ijobiy tomonga o‘zgaradi. 

Erkaklarning poyabzali ayollarnikidek rang-barang bo‘lmasa-da, uning dizayni, qulayligi va mustahkamligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma'lum bo‘lishicha, erkaklar har kuni o‘rtacha hisobda 3000 dan ortiq qadamni bosib o‘tadi. Agarda poyabzal sifatsiz matodan tayyorlangan bo‘lsa yoki oyoqlarga noqulaylik tug‘dirsa, inson o‘zini erkin tuta olmaydi. Ba'zan bu holat jarohatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, sifatli va qulay poyabzal tanlash zamon talabiga aylangan. 

Shahrimizda o‘zining zamonaviy, sifatli va eng muhimi, hamyonbop narxdagi erkaklar oyoq kiyimini ishlab chiqarayotgan «KFK-Shoes Collection» bu borada eng munosib tanlov bo‘la oladi.

«KFK-Shoes Collection» oyoq kiyimlari «CLASICA SHOES INTERNATIONAL» MChJ qo‘shma korxonasining rasmiy brendi hisoblanadi. O‘zbekiston-KNR (Andijon shahri). Mazkur brend ostida sof charm, zamsh, nubuk va boshqa sun'iy charmdan yaratiluvchi erkaklar oyoq kiyimining keng to‘plamlari taqdim etiladi. 

«KFK» brendi rasmiy tarzda O‘zbekiston bozorlarida 2010 yildan boshlab o‘z ishini olib bormoqda. Biroq kompaniya o‘z ishlab chiqarish faoliyatini 1996 yilda boshlagan. Ayni damda kompaniyada 200 dan ortiq xodim turli mutaxassisliklar bo‘yicha xizmat qiladi. Fabrikadagi ish samaradorligini kuniga 1000-2000 juft oyoq kiyimlar ishlab chiqarilishidan ham bilish mumkin.

Hozirgi kunda almashinuvchi mavsum (bahor-kuz) to‘plamining 216 namunalari, qishgi mavsum to‘plamining 153 namunasi ishlab chiqarilmoqda. Yozgi mavsum to‘plami esa 300ta erkaklar poyabzali/mokasina, 80 turdagi shippak va 70 xil yozgi oyoq kiyimlar to‘plamidan iborat.

Kompaniyaning malakali dizayner, modeler, texnolog va oyoq kiyim ustalaridan iborat jamoasi tinim bilmay mavsum to‘plamlarining yangi namunalari ustida mehnat qilishadi. Bu esa o‘z navbatida dunyo poyabzallari sanoatida sodir bo‘layotgan zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari haqida xabardor bo‘lishga yordam beradi. Shuningdek, kompaniya rahbariyati va top-menejyerlari Osiyo va Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkaziladigan an'anaviy jahon ko‘rgazmalarida muassis sifatida ishtirok etib kelishmoqda.

Shuningdek, kompaniya yana bir quvonchli xabarni ma'lum qiladi. Yurtimiz mustaqilligining 25 yillik tantanasi munosabati bilan barcha modellarga 20 foizgacha bo‘lgan chegirmani taqdim etadi. Aktsiya 2016 yilning 31 avgustiga qadar davom etadi. 

Shunday ekan, sifatli, hamyonbop va zamonaviy oyoq kiyimlarini sotib olishga shoshiling! Tanlovda adashmang, zamonaviy uslub va qulaylik - o‘z qo‘lingizda!

Manzil: Sergeli tumani, O‘zgarish. Sadaf Mebel biznes markazi.
Mo‘ljal: Goodear avtoservisi, aylanma yo‘l ko‘prigiga yetmasdan chap qo‘ldagi so‘nggi bino.
Telefon: 
+99890 955-44-86 (20:00gacha)
+99871 250-11-17 Ofis (18:00gacha)
Sayt: kfk-shoes.com
Facebook: https://www.facebook.com/uzkfk/?ref=ts&fref=ts

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid