Jahon | 17:27 / 17.08.2016
10320
2 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp kampaniyasida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod sanalgan Donald Trampning kampaniyasida prezident saylovlariga uch oydan kam vaqt qolganda o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqida CNN nashri ma'lum qildi. 

Tramp  Breitbart News ijrochi raisi Stiv Bennonni bosh ijrochi direktori va kampaniya katta maslahatchi Kellienn Konveyni kampaniya boshqaruvchisi etib tayinladi. 

Tramp kampaniyasining raisi va bosh strategi Pol Menefort kampaniya raisi lavozimida qoladigan bo‘ldi. 

Manbaga ko‘ra, so‘nggi paytlarda kampaniyada Tramp va Menefordlarning o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Biroq Kelienn Menefortning o‘z lavozimida qolishini tasdiqladi.

Tramp kampaniyadagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritar ekan, "bu saylovlarda g‘olib bo‘lish uchun hamma narsa qilishga tayyor" ekanligini bildirdi. 

"Men Stiv va Kellienni ko‘p yillardan beri yaxshi bilaman. Ular qanday g‘alaba qozonish mumkinligini biladigan juda qobiliyatli va yuqori malakali kishilardir", - dedi Tramp. "Ishonchim komilki, biz noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan bir necha iste'dodli, bilimli va tajribali kishilarni siyosat maydoniga olib kirdik va ular Amerikaning "buyuk davlat" degan maqomini tiklash yo‘lida mening qarashlarimni siz bilan bo‘lishishda davom etishadi". 
 

Mavzuga oid