Sport | 16:33 / 17.08.2016
7729
2 daqiqa o‘qiladi

«Makdonalds» Olimpiya qo‘rg‘onidagi bepul taomga nima uchun cheklov kiritdi

Rio-de-Janeyro shahridagi «Makdonalds» restorani sportchilar uchun taomnomadagi yeguliklar sonini 20tagacha qisqartirdi, deb yozmoqda Britaniyaning Daily Mail nashri.

Qayd etilishicha, bunday choralar buyurtmani yetkazish vaqtini qisqartirish maqsadida amalga oshirilgan. Chunki, ko‘plab sportchilar bir necha soatlab navbat kutishga majbur bo‘lishmoqda. 

Nashrning yozishicha, bepul taom uchun navbatda turganlar safi tonggi soat beshda futbol maydoni uzunligiga deyarli teng bo‘ladi. Shu bilan birga, sportchilarning har qanday havoda safda turishdan tap tortmasligi e'tirof etilgan. 

Sportchilarning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiya qo‘rg‘onidagi kafeda berilayotgan taomlar unchalik ham yaxshi emas, shu boisdan ular doimiy ravishda «Makdonalds»ga borishmoqda. Bundan tashqari, ular uzoq oylardan beri davom etgan mashg‘ulotlar va parhezlardan so‘ng, birmuncha «befoyda taom» iste'mol qilish zarar qilmasa kerak, degan fikrda. 


 

Mavzuga oid