Sport | 14:49 / 18.08.2016
9998
1 daqiqa o‘qiladi

Ferrari sobiq prezidenti Shumaxer sog‘lig‘i haqida hech narsa demagan

Italiyaning Ferrari avtomobilsozlik kompaniyasi sobiq prezidenti Luk di Montedzemoloning matbuot kotibi bayonot berishicha, uning rahbari mashhur nemis avtopoygachisi Mixael Shumaxerning sog‘lig‘i borasida hech qanday fikr bildirmagan. Di Montedzemolo vakilining so‘zlarini Motorsport portali keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16-avgust kuni Britaniyaning The Mirror nashri di Montedzemoloning Shumaxer borasida aytgan gaplarini keltirib, poygachiga davolash kurslari ta'sir qila boshlagani va uning sog‘ayib ketishidan umid borligi haqida yozgan edi

"Di Montedzemolo mana bir necha oydirki, Shumaxerning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday bayonot bergani yo‘q", - degan matbuot kotibi.

Mixael Shumaxer 2013-yil dekabr oyi oxirida Fransiyaning Meribel tog‘ kurortida chang‘ida uchayotgan vaqtda jiddiy jarohatlangan edi. 

Mavzuga oid