Tramp AQShdagi afroamerikaliklarga: Nega menga ovoz bermaysiz?
Milliarder Donald Tramp ta'kidladiki, AQShdagi afroamerikaliklarning katta qismi «falokatli» ahvolda yashaydi.
«Bu butunlay katastrofa, ishsizlik, barchasi juda yomon — sog‘liqni saqlash sohasi, ta'lim, bular ularning hayotida umuman yo‘q. Ular o‘ta qashshoq ahvolda yashashmoqda. Men aytaman: «Nega siz menga ovoz bermaysiz?» Bu orqali nima yo‘qotasiz? Hozirgi ma'muriyatdan yomoni bormikin, men barchasini tuzatmoqchiman», — degan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Bu orqali AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish magnat Black Lives Matter markazi va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining rasizm hamda qora tanli saylovchilarni mensimaslik bo‘yicha ayblovlariga javob qaytargan.
Mavzuga oid
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024