"Sitibank"ni egallab olgan shaxs Moskva bo‘ylab qidirilayotgani ma'lum bo‘ldi
Xabarlarga ko‘ra, "Sitibank" idorasini egallab olgan tadbirkor Aram Petrosyan Podmoskovya bo‘ylab qidirilayotgan bo‘lgan. U, biznesi bo‘yicha sobiq hamkorlari va bir vaqtlar politsiyada ishlagan ayoldan katta miqdorda qarzdor ekani oydinlashgan.
Ma'lum bo‘lishicha, tadbirkorning "Mojayskoye eksperimentalno-mexanicheskoye predpriyatiye" MChJ bir yarim yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritmagan. "MEMP-ugol" MChJ xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Petrosyan atrofdagilardan qarz bo‘lgani uchun, ancha vaqtdan beri Mojayskda ko‘rinmagan.
Bundan tashqari, Petrosyan yana bir ayoldan biznesini rivojlantirish maqsadida 150 ming rubl olib haligacha qaytarmagan.
Eslatib o‘tamiz, 1961-yilda tavallud topgan tadbirkor Aram Petrosyan Moskva shahri markazida "Sitibank" bo‘limini egallab olib, uni portlatib yuborish bilan dag‘dag‘a qilgan. Biroq, ko‘p o‘tmay u huquq idoralari xodimlariga taslim bo‘lgan. Uning yonidan topilgan sim ulangan paketga tuz solingani aniqlangan.
Mavzuga oid
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
10:57 / 26.11.2024
Krokus terakti: gumondorlarni qamoqda saqlash muddati yana uzaytirildi, lekin buyurtmachi hamon aniq emas
11:47 / 13.11.2024