Fan-texnika | 20:37 / 29.08.2016
11211
2 daqiqa o‘qiladi

Citroen yangi sedani prototipini namoyish etdi

Citroen kompaniyasi, o‘z ta'biriga ko‘ra, yuqori toifali sedan hisoblanuvchi  CXPERIENCE prototipini namoyish etdi. Uning birinchi rasmiy taqdimoti oktabr oyida Parij avtoko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi. 

Uzunligi 4,85 metrni tashkil etuvchi CXPERIENCE eni 2 metrni, balandligi 1,37 metrni tashkil etadi. Prototipning g‘ildiraklar bazasi 3 metrga teng.  

Kontsept-karga gibrid motor o‘rnatiladi. Uning batareyasi oddiy elektr tarmog‘idan quvvatlana oladi. Avtomobilga benzinli dvigatel, elektrmotor, 3 kVt/soatlik batareya hamda 8 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi joylanadi. Motorlarning jami quvvati 300 ot kuchiga teng. Elektr quvvat yordamida mashina 60 km masofani ortda qoldira oladi. 

CXPERIENCE intererida grek yong‘og‘i yog‘ochidan, yuqori sifatli mato va teridan foydalanilgan. Uning old o‘rindiqlari ko‘pikdan tayyorlangan bo‘lib, haydovchi va yo‘lovchilarning tana shaklini o‘zida aks ettiradi. 

Uni boshqarish uchun priborlar paneliga o‘rnatilgan 19-dyuymli ekran javob beradi. Masalan u orqali multimedia tizimi va iqlim sozlamalarini o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari, smartfon yordamida ham mashinani boshqarish imkoniyati mavjud. Xususan, dvigatelni ishga tushirsa bo‘ladi. 

CXPERIENCE modelining orqa modelida o‘tirgan yo‘lovchilar esa, planshetlari yordamida musiqani yoki iqlim sozlamasini o‘zgartira olishadi. 

Shuningdek, prototipga orqani ko‘rsatuvchi oyna o‘rniga kamera o‘rnatilgan. O‘zaro birlashtirilgan ovoz kuchaytirgich va mirofon, proyektsion displey, diodli yoritqichlar, 22 dyuymli disklar, eshiklarning bir-biriga qarshi tomonga ochilishi hamda atrofni ko‘rsatish tizimini qayd etish mumkin. 


 

 

Mavzuga oid