Jahon | 19:25 / 31.08.2016
11347
1 daqiqa o‘qiladi

Bir qator davlatlar Singapurga bormaslikni tavsiya qilishmoqda

Singapurda Zika virusiga chalingan kishilar seshanba kuni 82 nafarga yetdi. AQSh homilador ayollarni bu yerga borish xavfidan ogohlantirayotgan davlatlar qatoriga qo‘shildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar qildi. 

Ma'lum bir chivin turlari orqali yuqadigan Zika virusi 2015 yilda Braziliyada aniqlandi va o‘shandan beri Shimoliy va Janubiy Amerikagacha tarqaldi. Virus homilador ayollar uchun katta xavf tug‘diradi, zero u go‘daklarda mikrotsefaliya tug‘ma nuqsonini keltirib chiqaradi (bolalarning boshi kichik va miyasi yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi).

Seshanba kuni AQSh homilador ayollarni Singapurga sayohat qilishdan saqlanishga chorlovchi Avstraliya, Tayvan va Janubiy Koreya mamlakatlari qatoriga qo‘shildi. 

Ogohlantirishlar virusning tarqalishi Singapur hududidan tashqariga chiqqanidan so‘ng chop etildi. 


 

Mavzuga oid