Sport | 20:41 / 04.09.2016
8643
1 daqiqa o‘qiladi

Runi Angliya terma jamoasida rekord o‘rnatdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi Angliya terma jamoasining JCh-2018 saralashi doirasidagi Slovakiyaga qarshi uchrashuvida boshlang‘ich tarkibga kiritildi. Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi bugun terma jamoa uchun 116-uchrashuvini o‘tkazadi va maydon futbolchilari bo‘yicha rekordni qayd etdi. Bu bilan u Devid Bekhemning natijasini yangiladi.

Angliya terma jamoasi uchun eng ko‘p marta uchrashuv o‘tkazgan futbolchi darvozabon Piter Shilton hisoblanadi. U 125 uchrashuvda Angliya sharafini himoya qilgan.

Angliya terma jamoasi safida shu vaqtgacha o‘tkazilgan 115 o‘yinda Runi 53ta gol urgan va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.

Angliya terma jamoasining Slovakiyaga qarshi boshlang‘ich tarkibi: Hart, Uolker, Kexill, Stouns, Rouz, Dayyer, Henderson, Lallana, Runi, Sterling, Keyn.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid