Jahon | 16:20 / 05.09.2016
14224
1 daqiqa o‘qiladi

Misr yetakchisi As-Sisiyning tansoqchisi Jon Kerrini tintuv qildi

Misr yetakchisi bilan uchrashish uchun tashrif buyurgan AQSh davlat kotibi Jon Kerri Abdul Fattoh as-Sisiyning tansoqchisidan kutilmagan savolni eshitib, to‘xtashga majbur bo‘ldi. Bu haqida English Alarabiya ma'lum qildi.

Tansoqchi Davlat departamenti rahbaridan telefoni kameralimi yoki yo‘qligini so‘radi va yopiq tadbirda yashirin videoyozuv taqiqlanganini eslatib qo‘ydi. 

Qisqa suhbatli rolik ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi tez tarqaldi. Videotasmada suhbatdoshlarning kayfiyati yo‘qligi sezilib turibdi, Jon Kerrini esa muzokaralar so‘nggigacha tushkun kayfiyat tark etmadi. . 

Mazkur uchrashuvdan keyin Jon Kerri va Abdul Fattoh As-Sisiy G-20 sammitiga Xitoyga yo‘l oldi. 

Mavzuga oid