Fan-texnika | 23:08 / 06.09.2016
13897
2 daqiqa o‘qiladi

Farer orollarida qo‘ylar Google uchun panoramali videolar suratga olmoqda

Sayyohlarni yanada jalb etish uchun o‘z arxipelagini suratga olish istagida bo‘lgan Farer orollari aholisi o‘zining Sheep View 360 deb nomlangan loyihasini yaratdi. Uning doirasida panoramali kameralar bilan qurollangan qo‘ylar mahalliy manzaralar bo‘ylab o‘tlashga chiqishadi.

Mualliflar tasvirga olingan materiallarni YouTube kanalida ochilgan Visit Faroe Islands («Farer oroliga sayohat») sahifasiga joylashtirishdi. Bularning bariga Google Street View jamoasi hali ham Shotlandiya va Islandiya o‘rtasidagi Atlantika okeanida joylashgan orolga bormagani sabab bo‘ldi. Albatta, Farer oroli aholisining istagi va loyihasi qidiruv manbaining e'tiborini tortdi va tashabbuskorlarga 360 darajali kameralar va maxsus Trekker ryugzagini hadya qildi.

Farer orollarining tarjimasi «Qo‘ylar oroli» bo‘lib, be bejiz emas — XIX asr o‘rtalarigacha qo‘ychilik Farerdagi eng daromadli faoliyat turi bo‘lib kelgan. Bu sanoat hozir ham rivojlangan. Ayni damda orolda 80 mingdan ortiq qo‘ylar va 50 ming kishi yashaydi. Qo‘ylarni hayrli ishlarga yo‘naltirish tashabbusi ishbilarmon Durit Dal Andreassenga tegishli.

Mavzuga oid