Sport | 16:12 / 07.09.2016
7428
1 daqiqa o‘qiladi

Nike «Real»ga shartnoma taklif qildi

Sport epikirovkalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Nike firmasi «Real» bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. Bu haqda Ok Diario portali rahbari Eduardo Inda ma'lum qilgan.

Kompaniya «Qirollik klubi»ga yiliga 120 mln to‘lashga tayyor.

Hozirgi paytda madridliklarning texnik homiysi adidas hisoblanadi. Bu kompaniya bilan 1998 yildan buyon hamkorlik qilib kelinadi. Bu firma jamoaga 40 mln yevro to‘lamoqda. 

Ma'lumot uchun, «Manchester Yunayted» klubi sport liboslari ishlab chiqaruvchilar bilan eng yirik shartnomaga ega klub hisoblanadi. Mankunianliklar adidas kompaniyasidan yiliga 98 mln yevro oladi. Agar Nike va «Real» kelisha olsa, bu boradagi eng qimmatbaho bitim tuzilgan bo‘ladi.

Bundan avvalroq yangi mavsumda Nike «Chelsi»ning yangi homiysiga aylanishi haqida xabar tarqatilgandi.

Mavzuga oid