Jahon | 16:11 / 08.09.2016
27466
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bosh vaziri lavozimini tark etdi

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov o‘z lavozimidan ozod etildi va Qozog‘iston Milliy xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.

"Masimov Karim Kajimkanovich Qozog‘iston respublikasi bosh vaziri lavozimidan ozod etilib, Qozog‘iston respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga rahbar etib tayinlansin", deyilgan xabarda.

Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan imzolangan qarorda Qozog‘iston hukumati Vazirlar Mahkamasining yangi kabineti tuzilguniga qadar o‘z vazifasini bajarishda davom etishi aytilgan.

Bosh vazir lavozimini vaqtinchalikka bosh vazir o‘rinbosari Bakitjan Sagintayev bajaradi.

Mavzuga oid