Iqtisodiyot | 10:39 / 08.09.2016
16417
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Markaziy banki 3ta bankning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirdi

Foto: O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 3ta tijorat bankining Bosh litsenziyalar blanklarini almashtirib berdi

"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori asosida 3ta tijorat bankining manzili o‘zgarganligi munosabati bilan ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya va chet el operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyalar blanklari almashtirib berildi", deyilgan xabarda.

Bular quyidagilar: 

«Invest Finance Bank» ATB — 100029, Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi, 1-uy

«KDB Bank O’zbekiston» AJ — 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro ko‘chasi, 3-uy

«Ipoteka-bank» ATIB — 100000, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uy.

Mavzuga oid