Jahon | 21:33 / 12.09.2016
12338
5 daqiqa o‘qiladi

Xodorkovskiy 2018 yilgi prezidentlik saylovlari uchun nomzodlar izlamoqda

«YuKOS» neft kompaniyasining sobiq rahbari, ayni vaqtda Germaniyada istiqomat qilayotgan Mixail Xodorkovskiy «Vmesto Putina» loyihasini taqdim etdi. Ushbu loyiha Rossiyada 2018 yilgi prezidentlik saylovlari uchun nomzodlar saralashni ko‘zda tutadi. Bu haqda uning o‘zi bugun jurnalistlarga ma'lum qilgan.

«Otkrytyye vybory» loyihasi rahbari Timur Valeyev ayni vaqtda siyosatshunoslar Stanislav Belkovskiy va Aleksandr Morozov, arxitektor Yevgeniy Ass, tadbirkor Yevgeniy Chichvarkin, siyosatchilar Dmitriy Gudkov, Vladimir Milova hamda Vladimir Kara-Murzadan iborat ekspertlar guruhi bir necha nomzodlarni taklif qilgan.

Valeyev nomzodlar qatorida «Korrupsiyaga qarshi kurash» fondi asoschisi, muxolifatchi Aleksey Navalniy, «Parnas» partiyasi raisi Mixail Kasyanov, «Yabloka» partiyasi raisi Grigoriy Yavlinskiy, Boris Yeltsinning qizi Tatyana Yumasheva, «Yabloka» partiyasining Pskovdagi bo‘limi rahbari Lev Shlosberg, sobiq moliya vaziri Yevgeniy Kudrin, Yekaterinburg meri Yevgeniy Royzman, siyosatchi Vladimir Rijkova va boshqalar bor.

Valeyev istalgan kishi loyiha saytida qaydnomadan o‘tib, o‘z nomzodini ko‘rsatishi mumkinligini aytgan. Oxirgi bosqichda nomzod uchun faqat ekspert-hakamlar ovoz berishadi.

Loyiha saytida "mamlakatni yangi qarashlardagi shaxs boshqarishi kerakligi" aytilgan.

"Rossiyaga podshoh, yo‘lboshchi yoki ota kerak emas. Rossiyaga uquvli boshqaruvchi kerak", deyilgan.

Ovoz berishlar natijasida Vladimir Putinga 2018 yilgi saylovda munosib raqib bo‘la oladigan nomzod tanlanadi. Uni 2018 yilgi saylovda Mixail Xodorkovskiy qo‘llab-quvvatlaydi.

Siyosatchi Aleksey Makarkin ko‘plab siyosatchilarga ular Xodorkovskiyning nomzodlari sifatida loyihaga kirishi yoqmayapti.

"Mixail Xodorkovskiy 2018 yilgi prezidentlik saylovlari qanday kechishini yaxshi biladi. U hech qanday o‘zgarish ro‘y bermasligini yaxshi biladi. U 1,5 yil oldin Rossiyada 10 yildan keyingina o‘zgarishlar boshlanishi haqida aytgandi. Endi esa pozitsiyasini o‘zgartirgan ko‘rinadi. Xodorkovskiy - qarzga bo‘lsayam o‘ynaydigan odam. Uning Davlat dumasiga ko‘rsatilgan nomzodlari ham yaqin vaqtlar ichida muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi", degan Makarkin.

"U hozirda nomi chiqmagan siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda. U muqobil odam topishni istaydi, lekin u vaziyat qiyinligini tushunadi. Asosiy muammo shundaki, u Rossiyada emas. Bizda esa muhojirlar muvaffaqiyatga erishishi deyarli ilojsiz.

Ko‘pchilik 1980-yillarning oxirini eslaydi. O‘shanda turli viloyatlardan kutilmaganda ko‘plab siyosatchilar chiqib kelgandi. Xodorkovskiy hozirda aynan o‘shanday kishilarni topib, ularni o‘ziga jalb etmoqchi. Lekin biz hozir boshqa bir davlatdamiz, bu davlatda yosh siyosatchilar u bilan hamkorlik qilgani uchun muammolarga to‘qnash kelishi mumkin. Lekin Xodorkovskiy o‘z ishini davom ettirmoqda", deya qo‘shimcha qilgan Makarkin.

Shu yilning fevralida Xodorkovskiy 2013 yilda turmadan chiqayotganida siyosat bilan shug‘ullanmaslik haqida hech qanday majburiyatni olmaganini ma'lum qilgandi.

U qamoqdan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslik sharti ostida chiqqanligi haqidagi ma'lumotni Xodorkovskiy «Kreml targ‘ibotchilari tomonidan o‘ylab topilgan uydirma» deb atagan.

Mixail Xodorkovskiy 2003 yilda hibsga olingan. 2005 yilda u firibgarlik uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan, 2010 yilda esa neftni o‘g‘irlaganlik va uni sotishdan tushgan daromadni qonuniylashtirganlikda ayblanib, 14 yilga qamalgan. Muddat u hibsga olingan vaqtdan boshlab hisoblangani va muddatning turli instansiyadagi sudlar tomonidan qisqartirilgani natijasida Xodorkovskiy 2014 yilning avgustida ozodlikka chiqishi kerak edi. Ammo tadbirkor insoniylik xarakteriga ega bo‘lgan vaziyatni: onasining xastaligini pesh qilganidan so‘ng, Putin 2013 yil dekabrida uni afv etish haqidagi farmonni imzolagan edi.

Mavzuga oid