Sport | 09:22 / 12.09.2016
7377
1 daqiqa o‘qiladi

Stanislas Vavrinka Jokovichni yengib, US Open g‘olibiga aylandi

AQShning Nyu-York shahrida tennis bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi US Open-2016 turniri yakunlandi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi final bahsida shveysariyalik Stanislas Vavrinka dunyoning birinchi raqamli raketkasi, serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi.

3 soatu 54 daqiqa davom etgan uchrashuvda Vavrinka 6:7(1:7), 6:4, 7:5, 6:3 hisoblarida ustun kelib, bosh mukofot egasiga aylandi.

Bu 31 yoshli tennischi uchun "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlardagi uchinchi sovrin bo‘ldi. Bunga qadar u 2014 yili Australian Open hamda 2015 yili "Rolan Garros" turnirlarida g‘olib chiqqandi.

Shu bilan birgalikda Vavrinka-Jokovich qarama-qarshiliklarida umumiy bahs 19:5 hisobida serbiyalik sportchi foydasiga.

Bundan oldinroq, turnirning ayollar o‘rtasidagi bahslarida germaniyalik Anjyelika Kerber chexiyalik Karolina Plishkovani mag‘lub etib, AQSh Ochiq chempionatlaridagi ilk sovrinini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid