Jamiyat | 18:10 / 15.09.2016
20191
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng birinchi tank o‘z yubileyini nishonlamoqda

London shahri markazidagi Trafalgar maydonida Birinchi jahon urushida qo‘llanilgan Mark IV tankining namunasi o‘rnatildi, deb xabar qilmoqda Bi-bi-si.

Tarix sahifalaridan ma'lumki, 1916 yil 15 sentabrda Somme daryosi bo‘yidagi urush maydonida ilk bora zirxli texnika – tankdan foydalana boshlashgan. Bu, o‘sha yili ishlab chiqilgan Mark I modelidagi tank edi. Mashina og‘irligi 28 tonna bo‘lib, uning zirxli qoplami 5 mmdan 12 mmgacha bo‘lgan. U, 2 xil rusumda: pulemyotli va pushkali tank sifatida ishlab chiqilgan. 

Unga 105 ot kuchiga ega traktorning karbyuratorli dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, soatiga 6,4 km tezlikda harakatlana olgan. 

Mavzuga oid