Sport | 15:07 / 15.09.2016
25475
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik tennis arbitrlari bir umrga chetlashtirildi

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) o‘zbekistonlik tennis arbitrlari Sherzod Hasanov va Arxip Molotyaginni bir umrga diskvalifikatsiya qildi. Federatsiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular mas'ul shaxslar fe'l-atvori kodeksini buzib, bahslar vaqtida uchinchi tomon bukmekerlik o‘yinlarida manfaat ko‘rishi uchun g‘irrom ishlaganlikda ayblangan.

Hakamlar "Fyuchers" turniridagi musobaqalarda uchinchi tomonning bukmekerlik muassasalarida pul tikib, g‘olib bo‘lishiga yordamlashish maqsadida hisobga o‘zgartirish kiritishni ataylab to‘xtatib turishgan va mobil telefonlari orqali turli qing‘irliklarni amalga oshirishgan.

Hakamlarning chetlashtirilishi zudlik bilan kuchga kirdi. 

Endi bu shaxslar hakamlik sertifikatlaridan mahrum qilindi va endi hech qachon ITF, professional tennischilar uyushmasi (ATP) hamda Ayollar tennis uyushmasi (WTA) shafeligidagi turnirlarda hakam sifatida ishtirok eta olmaydi.

Mavzuga oid