Iqtisodiyot | 15:58 / 16.09.2016
7323
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Markaziy banki asosiy foiz stavkasini pasaytirdi

Foto: RIA

Rossiya banki matbuot bayonnomasida xabar qilinishicha, Bank boshqaruvi asosiy foiz stavkasini 0,5 foizga, yillik 10 foizgacha tushirgan. 

"Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashi 2016 yil 16 sentabrdagi yig‘ilishida asosiy foiz stavkasini 10 foizga tushirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunda, beqaror iqtisodiy faollik saqlanib qolayotgan bir vaqtda pul qadrsizlanishi pasayishi va prognozlarga binoan inflyatsiyaning sekinlashuvi e'tiborga olingan. Shu bilan birga, inflyatsiyaning barqaror pasayishini saqlab qolish uchun, Rossiya bankiga ko‘ra, 2016 yil oxiriga qadar asosiy foiz stavkasini saqlab qolish va 2017 yil birinchi-ikkinchi choragida yanada pasaytirish imkoniyatini yaratish lozim bo‘ladi", — deyiladi Rossiya Markaziy banki xabarida. 

Mavzuga oid