O‘zbekiston | 11:34 / 18.09.2016
41103
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kvartiralar narxi arzonlashda davom etmoqda

Avgust oyida Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o‘rtacha narx iyul bilan taqqoslanganda 2 foizga arzonlab, 588 sh. b. (shartli birlik)dan 573 ga qadar yetdi. Mazkur ma'lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz»ga taqdim etgan hisobotda o‘z ifodasini topgan.

Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi martdagi 556 sh. b. dan 544 sh. b. ga (-2%) arzonlagan bo‘lsa, g‘ishtli uylar narxi — 635 o‘rniga 613 sh. b. (-3%).

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo‘lmoqda: bir xonali kvartiralar — 575 sh. b. (-3%), ikki xonali — 561 (-2%), uch xonali — 577 (-3%), to‘rt xonali — 605 (-3%), ko‘p xonali — 592 (-3%).

Mavzuga oid