Jahon | 08:55 / 22.09.2016
9071
1 daqiqa o‘qiladi

CNN muxbiriga jonli efirda hujum qilindi

AQShning CNN telekanali muxbiri Sharlott shahrida namoyishchilar tomonidan jonli efirda hujumga uchradi. Ushbu holatni kanal tomoshabini suratga olib, videoni tvitterda joylashtirdi.

Videoda jurnalist jonli efir vaqtida politsiyachilar tomonidan qora tanli mahalliy vakil o‘ldirilganidan keyin bir necha kundan beri noroziliklar tinchimayotgan Shimoliy Karolinadagi vaziyat haqida so‘zlab berayotganini ko‘rish mumkin. Shu onda kimdir muxbirni yelkasiga qattiq zarba berib, uni yiqitadi.
 
Tasvirda hujum va jurnalistning yiqilayotgani akslangan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, noroziliklar vaqtida bir namoyishchi otib o‘ldirilgan. Sharlott shahri rahbariyati bu qotillikka politsiyachilarning daxli yo‘qligini aytgan. Mutassadilarning aytishicha, qurbonni uning safdoshlaridan biri o‘ldirgan.

 

Mavzuga oid