Jamiyat | 17:59 / 23.09.2016
7737
2 daqiqa o‘qiladi

Comedy Woman loyihasining joriy tarkibi o‘z faoliyatini yakunlaydi

Deyarli 10 yil davomida Rossiyaning TNT telekanali orqali o‘zining hazillari bilan muxlislarni xursand qilib kelayotgan Comedy Woman shousida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqida Layf nashri xabar berdi

Ma'lum bo‘lishicha, dasturning bugungi kechki sonida uning prodyuseri Natalya Yeprikyan shouning hozirgi tarkibi tarqalayotgani va loyihada yangi kasting yo‘lga qo‘yilishi haqida e'lon qiladi. Bir necha kun avval Natalya Andreyevna hazilkash ayollarga "uyga ketishlari mumkinligi" haqida xabar qilgan epizod s'yomkasi bo‘lib o‘tdi. Prodyuser bu so‘zlarni hazil shaklida aytgan bo‘lishiga qaramay, manbaning bildirishicha, gap haqiqatda ham Comedy Woman ishtirokchilar tarkibini o‘zgartirish haqida bormoqda. 

Yeprikyanning qarori barcha uchun mutlaqo kutilmagan hol bo‘ldi, axir loyihaning yangi mavsumiga yaqindagina start berilgandi-da! Teleko‘rsatuvning bundan keyingi taqdiri hozircha noma'lum: uning ishtirokchilari vaziyatga izoh berishdan bosh tortishmoqda. 

Shu bois Natalya Yeprikyan o‘z qaroriga o‘zi izoh berdi. 

"Comedy Woman doimiy ravishda rivojlanib boradi, bir joyda qotib qolmaydi. Har qanday shouga ertami-kechmi o‘zgarishlar, yangi chehralar va yoshlar kerak bo‘ladi, ba'zan esa joriy tarkibni to‘liq o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, - deya vaziyatga izoh berdi Natalya. Shu bilan birga u tez kunlarda loyihaga yangi ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha kasting e'lon qilinishini aytdi. Hozirgi tarkibning taqdiri esa individual tartibda hal qilinadi", - dedi prodyuser.

Mavzuga oid