Fan-texnika | 07:31 / 23.09.2016
13367
2 daqiqa o‘qiladi

Scania yuk mashinalaridan foydalanib dunyodagi eng katta soatni yaratdi

Scania kompaniyasi millari yuk mashinalaridan tuzilgan dunyodagi  eng katta soatni yaratdi. Soat siferblatining maydoni 69,7 ming kvadrat metrni tashkil qildi. 

14 ta S-Series yuk mashinasi va 90 ta professional haydovchi ishtirok etgan tajribadan maqsad texnika ishlab chiqaruvchi shved kompaniyasining eng yangi telekommunikatsion tizimlari imkoniyatlarini namoyish qilish bo‘lgan.

Yuk mashinalaridan iborat mexanizm 24 soat ishlagan. Yuk mashinalarning harakatlanishi masofadan turib mashinalar tezligi, yonilg‘i sarfi va texnik holatini kuzatib turgan bir guruh mutaxassislar tomonidan boshqarilgan.

Soatning "soniyani ko‘rsatuvchi mili" 5 ta mashinadan yaratildi. Milning tashqi uchidagi yuk mashinasi doimiy ravishda soatiga 53 km tezlik bilan, ichki uchidagi mashinasi esa 13 km bilan yurishiga to‘g‘ri kelgan. "Daqiqa va "soat"ni ko‘rsatuvchi millarda turgan mashinalar haydovchilari har 60 soniya va 60 daqiqada sinxron ravishda yurib-to‘xtashiga to‘g‘ri kelgan.   

"Bu bizning e'tiborni va harakatlarimizning uyg‘unligini aqlbovar qilmas tekshiruvi bo‘ldi. Bizga qat'iy berilgan polosa bo‘yicha harakatlangan holda 24 soat davomida har soniyada tezlikni doimo kuzatish talab qilindi", deb aytdi haydovchilardan biri Elin Engstryom.

 

Mavzuga oid