Fan-texnika | 17:15 / 23.09.2016
6027
2 daqiqa o‘qiladi

O‘yin sanoatining yetakchi kompaniyasi 127 yoshligini nishonlamoqda

Bugun videoo‘yinlar va pristavkalar yaratish bilan shug‘ullanuvchi eng nufuzli kompaniyalardan biri - Nintendo'ga asos solinganiga 127 yil bo‘ldi. 

1889 yilda o‘yin kartalarini ishlab chiqarish bilan o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Nintendo oilaviy firmasi XX asrning 80-yillar o‘rtalarida 8 bitli Famicom (G‘arbda Nintendo Entertainment System yoki NES )superxiti bilan uy elektronikasi bozoriga yorib kirdi. Rossiyada pristavka uning tayvanlik kloni "Dendi" orqali tanilgan.

G‘arb tanqidchilarining ta'kidlashicha, yaponlarning mohirona urinishlari tufayli videoo‘yinlar sanoati 1983 yildagi inqirozdan keyin yo‘qdan bor bo‘lgan. Kompaniya NES bilan birga The Legend of Zelda, Mario Bros., Super Mario Bros. va Metroid kabi taniqli o‘yinlarni yaratdi. 

Bugungi kunda Nintendo portativ konsollar segmentida yetakchilik qiladi. Hozirda u keyingi avlod pristavkasi - NX taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning taqdimoti 2017 yilning bahor oylariga mo‘ljallangan. 

Mavzuga oid