Jahon | 09:40 / 24.09.2016
4252
1 daqiqa o‘qiladi

Gabon Konstitutsiya sudi prezidentlik saylovi natijasini o‘z holicha qoldirdi

Foto: AP

Gabon Konstitutsiya sudi muxolifat da'vosini rad etdi va mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovi natijasini o‘z holicha qoldirdi. Bu saylovda Ali Bongo Ondimba mamlakat rahbari sifatida saylangan edi, deb xabar bermoqda Reuters.

Gabonda Ali Bongo prezident bo‘lib saylangach, mamlakatda zo‘ravonlik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mingdan ziyod kishini hibsga oldi.

Ayni damda Gabon poytaxtidagi vaziyat barqarorlashgan. Ammo saylov natijasidan norozi bo‘lganlar namoyishi qayta bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq emas.

Mavzuga oid