Sport | 09:50 / 28.09.2016
8596
2 daqiqa o‘qiladi

Klichko va Joshua jamoalari jang o‘tkazishga erishishga yaqin turibdi 

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko menejyeri Bernd Byonte bokschi jamoasi IBF bo‘yicha jahon chempioni Entoni Joshua bilan jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga yaqin turganini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, jang o‘tkazilishiga Sky Sports (Buyuk Britaniya ) va RTL (Germaniya) telekanallari qiziqish bildirgan.  

29 oktabrda Klichko IBO/WBA/WBO talqinlari bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri bilan revansh jang o‘tkazishi kerak edi, biroq britaniyalik to‘satdan jangga chiqmaydigan bo‘ldi. Fyurining aytishicha, u "tibbiy nuqtai nazardan, jang o‘tkazishga yaroqsiz". Bu orada Joshua 26 noyabrda unvonini erkin himoya qilishi rejalashtirilgan, biroq unga hozircha raqib yo‘q.

Ayni vaqtda Klichko va Joshua jamoalari Fyurining taqdiri bo‘yicha boks tashkilotlari qarorini kutmoqda. Fyuri Klichkoga qarshi ikkinchi bor jang qilishdan bosh tortgani sababli unvonlaridan mahrum etilishi mumkin.

"Men Joshua promouteri Eddi Xirn bilan moliyaviy masalalarni kelishib oldim. Endi barchasi jahon boks tashkilotlariga bog‘liq, biroq biz jang o‘tishini istaymiz", deb aytdi Byonte.

Mavzuga oid