Jahon | 09:54 / 28.09.2016
13734
2 daqiqa o‘qiladi

Mask odamlarni Marsga ko‘chirish usulini ma'lum qildi

Space X kompaniyasi asoschisi Ilon Mask o‘zining kelajak raketasi loyihasini taqdim etdi. Mazkur qurilma yordamida u Mars sayyorasini egallamoqchi. Taqdimot marosimi Meksikaning Gvadalaxara shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressida tashkil etildi. Anjuman Space X saytida bevosita efirga uzatildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Marsda «o‘zini ta'minlay oladigan» shaharni barpo etish uchun «metan-kislorod» juft moddalarini qo‘llaydigan raketalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim. Bunda raketaning barcha tizimlarini ko‘p marotaba ishlatish mumkin bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, orbitada yoqilg‘i quyish jarayonini tashkil etish talab etiladi. 

«Chipta narxi 200 ming dollar atrofida bo‘ladi», — deb aniqlik kiritgan Mask.

Transport tizimining asosiy elementlari uglerod tolasidan yasaladi. 1000ga yaqin fazo kemasining har biriga 200 kishi olinib, 40–100 yil ichida Marsda to‘liq mustaqil sivilizatsiyani barpo etishi mumkin bo‘ladi, deya ishonch bildirmoqda Mask.

Mavzuga oid