Sport | 11:12 / 01.10.2016
14325
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik kikbokschi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi

24 sentabr kuni Xitoyning Xanchjun shahrida kikboksing bo‘yicha professionallar o‘rtasida World Championship FF K-1 jahon chempionati o‘tkazildi. 62 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida o‘zbekistonlik Furqatbek Yoqubov xitoylik Xan Chu Junga qarshi ringga ko‘tarildi.

Uch raundlik jangda Furqatbek Yoqubov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylandi. 21 yoshli sportchi o‘z g‘alabasini O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi.

Mavzuga oid