Jahon | 23:21 / 07.10.2016
7673
1 daqiqa o‘qiladi

Gaitida "Metyu" bo‘roni qurbonlari soni 842 kishiga yetdi

Foto: REUTERS

Gaitida "Metyu" bo‘roni qurbonlari soni 842 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda mahalliy hokimiyatga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

Avvalroq 572 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

"Metyu" bo‘roni Atlantika okeanida 2007 yildan beri yuz bergan eng kuchli bo‘ron bo‘ldi. Ayni vaqtda bo‘ron AQSh sohillariga kelib urildi. Tabiiy ofat sababli AQShning Florida hamda Jorjiya, Janubiy va Shimoliy Karolina shtatlarining sohilbo‘yi hududlarida favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilindi. 

 

Mavzuga oid