Jahon | 11:59 / 09.10.2016
10318
2 daqiqa o‘qiladi

Shvartsenegger saylovda Trampga ovoz berish fikridan qaytdi

Foto: Reuters

Kaliforniyaning sobiq gubernatori, Hollivud kinoaktyori Arnold Shvartsenegger ma'lum qildiki, bundan buyon respublikachi Donald Trampni prezidentlik saylovlarida qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi.

"Men 1983 yildan beri ilk marta, AQSh fuqaroligini olganimdan beri ilk marta prezidentlik saylovida Respublikachilar partiyasi nomzodiga ovoz bermaydigan bo‘ldim", degan aktyor o‘z tvitterida.

Shvartseneggerning aytishicha, u respublikachilar partiyasidagi o‘rtoqlariga "o‘z burchlarini yaxshilab o‘ylab ko‘rishni" maslahat qiladi.

Aktyor keyingi oydagi saylovda hali qaysi tomonga ovoz berish masalasini aniqlashtirib olmaganini bildirgan va nomzodni almashtirishga ishora qilgan.

Bundan tashqari, Tramni qo‘llab-quvvatlashdan respublikachi senator Jon Makkeyn ham bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Washington Post nashri 7 oktabrda Trampning ishtirokidagi 2005 yildagi videoni chop etdi. Tramp unda ayollarga tegajoqlik qilishi bilan maqtangan.

Tramp ushbu holat yuzasidan omma oldida uzr so‘rab, "yaxshiroq bo‘lishga" va'da berdi.

Bugun esa CNN telekanali ham Tramp ishtirokidagi videodan parcha namoyish qildi.

AQShning bir qator senatorlari Trampni prezidentlik poygasini tark etishga chaqirmoqda.

Uning o‘zi esa hech qachon bunday qilmasligini ta'kidlamoqda.

Bu voqealardan keyin Trampning nufuzi amerikaliklar orasida keskin tushib bormoqda.

Mavzuga oid