Fan-texnika | 00:32 / 11.10.2016
12953
2 daqiqa o‘qiladi

«VKontakte» 10 yoshda: tarmoq haqida qiziqarli 10 fakt

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i 10 oktabr kuni o‘zining o‘n yillik yoshini nishonladi.  Bu yillar davomida xizmat sinfdoshlar qidiruvi uchun mo‘ljallangan saytdan multimediali kommunikatsion platformaga aylandi va bugunda rossiyalik internet foydalanuvchilar uchun eng muhim tarmoqqa aylandi. 
Biz esa bu ommabop ijtimoiy tarmoqning 10 yilligi munosabati bilan u haqdagi qiziqarli 10 faktni havola etamiz:

Sayt ilk bor o‘z funksiyalariga ega bo‘lgan sana tarmoq asoschisi Pavel Durovning tavallud ayyomi bilan bir kunga to‘g‘ri kelgan.

Dastavval, mazkur ijtimoiy tarmoq talabalar uchun mo‘ljallangan. Uning ishchi nomi Studlist.ru bo‘lgan.

"Vkontakte" sayti sahifa va dizayni bo‘yicha Facebook'ga juda o‘xshash. Hattoki, ikkisining asosiy rang gammasi ham ko‘k rangda. 

"Vkontakte" Rossiyada undan ancha avvalroq yaratilgan raqibi «Odnoklassniki»ni ro‘yxatdan o‘tgan va muntazam kiruvchi foydalanuvchilar soni bo‘yicha ortda qoldirdi. 

«Odnoklassniki» saytida «vkontakte»ni o‘z ichiga olgan manbalarni yuborish mumkin emas. 

AQShda "Vkontakte" intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun qaroqchi sayt hisoblanadi.

Pavel Durovning «Vkontakte»da bor-yo‘g‘i 20 foiz aksiyasi mavjud bo‘lgan. Hozirda tarmoqning to‘liq aksioneri Mail.Ru Group sanaladi.

«Vkontakte» runetdagi eng ko‘p kiriladigan saytlarning kuchli uchtaligidan joy olgan.

2015 yil kompaniya instagramni yodga soluvchi Snapster fotodasturini ishga tushirdi.

Hozirda sayt Igor Sechin va Alisher Usmonovning to‘liq nazorati ostiga o‘tmoqda.

Mavzuga oid