Turkiya Gulenning Su-24 samolyotini urib tushirishga aloqasini o‘rganmoqda
Turkiya tergovchilari muxolifatdagi diniy arbob Fathulloh Gulen tarafdorlarining 2015 yil noyabr oyida Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirishga aloqasini o‘rganib chiqmoqda. Turkiya bosh vaziri maslahatchisi Mehmet Akarjning so‘zlariga ko‘ra, bu Moskva bilan Anqara munosabatlariga rahna solish uchun tuzilgan maxsus rejaning bir qismi bo‘lgani oydinlashib bormoqda.
2015 yil noyabrida Turkiya qiruvchi samolyoti Suriya osmonida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgach, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi aloqalar yomonlashgan edi.
"Samolyotni yo‘q qilishga buyruq berganlar va bu buyruqni bevosita amalga oshirganlar Gulen bilan aloqadorligi uchun qamoqxonada saqlanmoqda. Shunday ekan, ulardan bu haqda albatta so‘rashadi. Mening fikrimcha, haqiqatdan ham shunday bo‘lgan", — degan Akarja.
"Bu umuman mamlakatga qarshi til biriktirish edi. Shunday maqsadlardan biri, uning tashqi siyosatiga zarar berish, xususan Rossiya bilan ziddiyatni vujudga keltirib, ikki mamlakat munosabatlarini buzish bo‘lgan", — deya qo‘shimcha qilgan bosh maslahatchi, "hozirda, bu aniq bo‘lib borayotgan"ini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
21:08 / 25.12.2024