Jahon | 09:32 / 17.10.2016
9900
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda taniqli yengil atletikachining 15 yoshli qizini otib ketishdi

Foto: rsport

Yengil atletikaning sprinterlik masofasiga yugurish bo‘yicha 3 karra jahon chempioni, amerikalik Tayson Geyning 15 yoshli qizi jinoyat qurboni bo‘lgan, deb xabar qilgan Assoshieytid Press agentligi. Triniti Gey o‘qotar qurollardan olingan jarohat tufayli hayotdan ko‘z yumgan. 

16 oktabr kuni kechqurun OAVda Amerikaning Kentukki shtati Leksington shahrida 15 yoshli Triniti Gey halok bo‘lgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir necha jinoyatchi restoran yaqinidagi ikkita avtomobilda otishma sodir etishgan. Ularning uzgan o‘qlaridan biri qizning bo‘yniga kelib tekkan. Triniti zudlik bilan shifoxonaga olib kelinganiga qaramay, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishning uddasidan chiqolmagan. Hodisa, 15 oktabrdan 16 oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. 

Mavzuga oid