Samarqandda pomidor kombaynda terib olinmoqda
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi G‘ubdintog‘ qir-adirlari bag‘rida tashkil etilgan «Maroqand meva-sabzavot» fermer xo‘jaligida pomidorlar kombaynda terib olinmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi saytida xabar berilgan.
Shu yilning bahor oylarida fermer xo‘jaligi dalasiga Italiyadan keltirilgan maxsus texnika vositasi yordamida 350 gektar maydonga tomatbop va bozorbop pomidor urug‘i qadalgan edi.
Pomidorni yetishtirish, uni yig‘ishtirib olish to‘la mexanizatsiyalashtirilgan. Jumladan, mavsum davomida gektaridan 90–95 tonna tomatbop pomidor mahsulotlarini yig‘ishtirib olishda maxsus kombaynlardan foydalanildi. Bu esa ishchi kuchini tejab, mahsulot tannarxini pasaytirdi.
Pomidorni yig‘ishtirib olayotgan «aqlli» kombayn har kuni 5–6 gektar maydondagi hosilni yig‘ib olishga qodir. Kombaynning yana bir afzalligi, unga o‘rnatilgan kompyuter yordamida pomidor maxsus transportyorlar orqali tegishli texnika vositasiga, iste'molga yaroqsiz qismi boshqa transportyor tasmalari orqali yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
22:09 / 03.06.2024
Qishloq xo‘jaligi vazirligi «zararli pomidor» yuzasidan Qozog‘istonga so‘rov yubordi
19:29 / 03.06.2024
Qozog‘iston «xavfli virus» sababli 4 tonna pomidorni O‘zbekistonga qaytardi
08:04 / 01.11.2023