Jamiyat | 14:12 / 18.10.2016
5263
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik siyosatchilar WhatsApp’da milliy xavfsizlikni muhokama qilishmoqda

Foto: Getty Images

Avstraliya bosh vazirining kiberxavfsizlik bo‘yicha maxsus maslahatchisi Alister Gibbon mamlakatning yuqori lavozimdagi amaldorlari muhim davlat masalalarini WhatsApp messenjeri yordamida muhokama qilishayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.

Axborot himoyasi sohasidagi mutaxassislar milliy xavfsizlikka tegishli maxfiy masalalar oddiy messenjer yordamida muhokama qilinayotganidan xavotir bildirishdi. WhatsApp va unga o‘xshash dasturlar tez aloqa uchun juda qulaydir, biroq ular orqali uzatiluvchi ma'lumotlarning daxlsizligi savol tug‘diradi.

WhatsApp tarmog‘iga tushgan har qanday ma'lumot xakerlar qo‘liga tushishi va oqibatda xabar jo‘natuvchini ham, uni qabul qiluvchini ham xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

WhatsApp Avstraliya vazirliklari o‘rtasida aloqa qilish uchun ma'qullangan dasturlarni o‘z ichiga oluvchi Evaluated Products List ro‘yxatiga kirmasligi ham katta xavotir uyg‘otmoqda. Bu ro‘yxatga xabarlar yuborish uchun o‘zining dasturlaridan foydalanuvchi Apple va Blackberry operatsion tizimlari kiritilgan. 

Mavzuga oid