Fan-texnika | 08:08 / 22.10.2016
6347
1 daqiqa o‘qiladi

Wikileaks o‘z izdoshlarini AQShga kiberhujumlarni to‘xtatishga chaqirdi

Foto: nextpowerup.com

Maxfiy ma'lumotlarni e'lon qilishga ixtisoslashgan WikiLeaks portali o‘z tarafdorlariga kutilmagan murojaat bilan chiqdi. U izdosh xakerlarni AQSh saytlariga hujum qilmaslikka chaqirdi. 

«Janob Assanj tirik va Wikileaks o‘z faoliyatini davom ettiradi. Biz tarafdorlarimizni Amerika internet tarmog‘iga hujum qilishni bas qilishga chaqiramiz. Siz o‘z qarashingizni namoyish etdingiz», — deyiladi tashkilot Tvitterida

Avvalroq, Dyn tizimiga DDoS-hujumlar amalga oshirilgani ma'lum qilingan edi. Ushbu xakerlik hujumi natijasida qator taniqli saytlar, jumladan Reddit, Spotify va Twitter faoliyati buzilgan edi.

AQSh ichki xavfsizlik vazirligi kiberhujumlarning «barcha ehtimoliy sabablari»ni o‘rganib chiqishini bildirdi. 


 

Mavzuga oid