Iqtisodiyot | 20:38 / 23.10.2016
7761
1 daqiqa o‘qiladi
Amerikalik millionerlar AQShdagi saylov kampaniyasiga 88 mln dollar sarflashdi
20 dan ko‘proq amerikalik millioner AQSh prezidenti lavozimiga asosiy ikki nomzodni qo‘llab-quvvatlash uchun nomzodlar moliyaviy doiralar siyosatga ta'sir qilishini qoralashlariga qaramasdan, 88 mln dollar sarflashdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Amerikalik millionerlar orasida Xillari Klinton eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan. 19 millioner Klintonning saylov kampaniyasiga 70 mln dollar sarflagan.
Klinton kampaniyasining eng yirik homiysi moliyachi va filantrop Donald Sassman bo‘ldi, u bu maqsadda 19 mln dollar sarflagan.