Sport | 11:17 / 24.10.2016
6766
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik olimlar: Boshda o‘ynash futbolchilar uchun zararli

Foto: AP

Britaniyalik olimlarning ta'kidlashicha, to‘pga bir necha marta bosh bilan zarba berishning o‘ziyoq xotirani sustlashtiradi.

Shotlandiyadagi Sterling universiteti tadqiqotchilari aniqlashdiki, to‘pga bosh bilan berilgan 20ta zarbadan keyin futbolchi miyasida "katta bo‘lmagan, ammo miya faoliyatiga ta'sir ko‘rsatuvchi" oqibatlar ro‘y beradi.

Xotirlash qobiliyati pasayishi darajasi 41dan 67 foizgacha bo‘ladi va faqat 1 kundan keyingini oldingi holatiga qaytadi.

Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlari EBioMedicine jurnalida chop etilgan, bu to‘pga bosh bilan zarba berish zararlari haqidagi ilk tadqiqotdir.

Ilmiy ish mualliflaridan biri, neyrobiolog Magdalena Letsvaartning qayd etishicha, miya faoliyatiga ta'sir vaqtinchalik holat bo‘lsada, sezilarli ta'sirdir.

"Butun dunyo bo‘ylab ko‘p kishilar futbol o‘ynashini hisobga oladigan bo‘lsak, ular bu sportdagi bu jihatni bilib qo‘yishlari kerak", - degan doktor Letsvaart.

Hozircha tadqiqotchilar doirasi keng emas va doimiy ravishda futbol o‘ynovchi futbolchilarning holati o‘rganilmagan. Shu tufayli futbolni bosh bilan o‘ynashning oqibatlari ko‘lami haqida aytishga erta.

2015 yilda AQShdagi bolalar akademiyalarida 10 yoshdan kichik bolalar futbolda bosh bilan o‘ynashi taqiqlangandi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid