Jamiyat | 18:29 / 28.10.2016
8425
2 daqiqa o‘qiladi

Italyan millioneri kotibasiga 75 mln yevro vasiyat qildi

Foto: si24.it

Italiyalik millioner Bernardo Kaprotti umri davomida yiqqan mablag‘ining teng yarmini o‘zining 68 yoshli kotibasiga vasiyat qildi, deb yozmoqda Italiyaning ANSA nashri. Bu esa, oz emas, ko‘p emas, naqd 75 mln yevrodir. Boyning besh nafar jiyanining har biriga 15 million yevrodan meros tushadi. 

Mamlakatdagi Esselunga yirik supermarketlar tarmog‘i asoschisi Bernardo 30 sentabrda vafot etgan. Uning kotibasi Germana Kyudi esa 2008 yilda nafaqaga chiqqaniga qaramay, Kaprotti kompaniyasida maslahatchi bo‘lib ishlaydi. U rahbariga 48 yil davomida xizmat qilib kelgan. 

Endilikda, ayol merosdan olinadigan soliqni to‘lagach, 69 million yevroga yaqin pulga ega bo‘ladi, deb yozadi nashr. Kaprotti o‘zining vasiyatida "Kodiga uzoq yillar mobaynida menga ko‘rsatgan yordami uchun cheksiz minnatdorlik bildirmoqchiman", - deya qayd etgan.

Shu bilan birga, Kaprotti rafiqasi Juliana Alber va qizlari Marinaga  «Italiya Supermarketlari» xoldingining 70 foiz aksiyasini meros qoldirgan.

O‘zining birinchi nikohidan bo‘lgan farzandlari Juzeppe va Violettaga xoldingning 30 foiz aksiyasini qoldirgan. Uning o‘z vasiyatida uqdirishicha, boyligini bu tarzda taqsimlash "oilasining barcha oilasi manfaatlariga ximat qiladi".

Shu bilan birga, millioner, endilikda "hech kim pul uchun janjal qilmasligiga" umid qilishini, kelgusida "sud tortishuvlari va mojarolarga o‘rin yo‘q"ligiga ishonishini aytgan. Marinaning turmush o‘rtog‘i bo‘lmish kuyoviga sevimli "Bentli"sini qoldirgan.

Mavzuga oid