Sport | 12:04 / 28.10.2016
7979
1 daqiqa o‘qiladi

Myuller penalti tepishga qo‘rqib qoldi

Foto: Bild

Myunxenning «Bavariya» jamoasi hujumchisi Tomas Myuller yaqin vaqt ichida penalti tepmoqchi emas.

Futbolchi keyingi vaqtlarda 11 metrlik nuqtadan ko‘p bor adashmoqda va shu tufayli nuqtaga yaqinlashishni istamayapti. Myuller Germaniya Kubogi doirasida «Augsburg»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda ham penaltini aniq amalga oshira olmadi.

«Adashuvlarimdan juda jahlim chiqmoqda. Bundan keyin men 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirish imkoniyatini boshqa jamoadoshlarimga qoldiraman. O‘yinlar vaqtida men «nuqta»ga yaqinlashmayman va o‘z texnikamni takomillashtirish ustida ishlayman. Ehtimol, men yana 2 oydan keyin yaxshiroq uddalarman», — deya Myullerning so‘zlarini keltirgan Bild nashri.

Mavzuga oid