O‘zbekistonlik taekvondochilar Sochidagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni olishdi
O‘zbekistonning ITF tasnifi bo‘yicha 16 kishidan iborat terma jamoasi Sochi shahrining «Qora dengiz sohili Kubogi» XIII ochiq xalqaro turnirida ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 11 oltin, 3 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Rossiya termasi egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni Belarus respublikasi vakillari yakunlashdi.
Shunday qilib, Nig‘monov Ibrohim, Akromov Oyatulloh, Bolat Oygul, Isroilov Abduazim, Ergasheva Zuhra, Isroilov Baxtiyor, Saydivaliyeva Aziza, Ahrorqulova Zarguna, Ahmitjanov Muhammadjon va Ahmadjonov Mironshoh o‘zlari ishtirok etgan bellashuvlarda birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lganlar.
Faxriylar o‘rtasidagi musobaqalarda Laziz Hasanov (O‘zbekiston ITF taekvondo milliy assotsiatsiyasi prezidenti) birinchi o‘rinni egallagan.
Saydivaliyeva Saida, Saydivaliyeva Laziza, Nasridinov Shohjahonlar ikkinchi, Bolat Bahovuddin, Odiljonov Doston va Mirzahmedov Ozodbeklar uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishgan.
Mavzuga oid
23:55 / 04.01.2025
Geosiyosiy hafta tahlili: gaz tranzitini to‘xtatgan Ukraina, Rossiyadan norozi Ozarboyjon va tanlov qarshisidagi Suriya
21:05 / 04.01.2025
Rossiya aviakompaniyalariga tegishli ikkita samolyot dvigateli parvoz vaqtida ishdan chiqdi
18:35 / 04.01.2025
“Katta miqdorda maosh beramiz deyishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
17:16 / 04.01.2025