Jamiyat | 13:31 / 02.11.2016
8116
1 daqiqa o‘qiladi

JST bepushtlikning nogironlikka tenglashtirilishi haqidagi xabarni inkor etdi

Foto: TASS

OAVning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) bepushtlikni nogironlikka tenglashtirgani haqidagi xabari inkor etildi. Seshanba kuni xorij OAVda tarqalgan xabarga ko‘ra, bu kasallik ta'rifi o‘zgarishsiz qolmoqda. 

"OAVning JST bepushtlikni nogironlik sifatida qayd etgani haqidagi xabarlari tarqalganligi munosabati bilan  bu xato xabar ekanligini ma'lum qilmoqchimiz, - deya ta'kidlanadi tashkilotda. - JST Xalqaro kasalliklar tanifidagi (ICD 10) bepushtlikning ta'rifini o‘zgartirgan emas".

Noto‘g‘ri xabar manbai sifatida Britaniya OAV ko‘rsatilmoqda. 

Tashkilotdan ma'lum qilishlaricha, yordamchi reproduktiv texnologiyalar monitoringi bo‘yicha Xalqaro qo‘mita lug‘ati ustida olib borilgan ishlar doirasida anglashmovchilik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Tashkilotda ICMART JST xodimlari bilan maslahatlashib tursa-da, bu lug‘at uning nashri emasligi ta'kidlandi.
 

Mavzuga oid