Light | 20:08 / 04.11.2016
57141
3 daqiqa o‘qiladi

Tuxumni iste'mol qilishdan avval uning sarig‘iga e'tibor qarating

© mejorconsalud.com

Siz hech qachon biz iste'mol qiladigan tuxumning sarig‘i rangi qanday bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Aniqlanishicha, bu juda katta ahamiyatga ega ekan. 

Quyida halol fermerlar tomonidan tekshirib ko‘rilgan muhim va foydali ma'lumot keltirilgan.

100 yil avvalroq olimlar tuxumning sariq rangi kartinoidlar miqdori bilan belgilanishini aniqlaganlar. Kartinoidlar A vitamini hosil bo‘lishiga yordam beruvchi va suyaklar holatini yaxshilovchi antioksidantlardir. Tuxum sarig‘i rangi qanchalik to‘q bo‘lsa, unda inson uchun foydali moddalar shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Tuxum sarig‘ining rangi bevosita tovuqlarning oziqlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bu ozuqa turli-tuman bo‘lmasa va faqatgina bug‘doyga asoslangan bo‘lsa, unda tuxum sarig‘i och sariq rangda bo‘ladi. Agar tovuqlarning ozuqasi o‘z ichiga makkajo‘xori, o‘simliklar va hasharotlarni olsa, unda tuxum sarig‘ining rangi to‘q sariq bo‘ladi. Fermerlar va yirik fabrikalarda hattoki tuxum sifatini aniqlash uchun sariq-zarg‘aldoq ranglarning 15 xil tusidan iborat maxsus shkala mavjud. 

Umuman olganda, yorqin zarg‘aldoq rangdagi tuxum sarig‘ini iste'mol qilgan ma'qulroq, chunki ularda organizm uchun maksimal miqdorda foydali moddalar mavjud bo‘ladi.

Ba'zida tuxum sarig‘ining och rangda bo‘lishi mavsumga ham bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra uning rangi qishda tovuqlar ozuqasi uncha turfa bo‘lmagani sabab ochroq bo‘ladi. Biroq ko‘p holatlarda tuxum sarig‘ining ochligi uning sifati pastligi va tovuqning puturi ketganidan darak beradi. Bunday tuxumlar sizga yetarlicha foydali moddalar bera olmaydi. 

Shuning uchun tuxumlarni ishonchli manbalardan sotib olish tavsiya qilinadi.

Mavzuga oid