Jahon | 08:58 / 06.11.2016
7628
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq armiyasi Mo‘sul aeroportiga yaqinlashdi

Foto: © AFP

Iroqning Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha janglarda ishtirok etayotgan Iroq qo‘shinlari shahar aeroportiga yaqinlashdi. Bu haqda operatsiya qo‘mondonligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Harbiylar Furot daryosi g‘arbiy sohili bo‘ylab uyushtirgan hujumlari davomida aeroportga 4 km masofagacha yaqinlashishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari, harbiylar Mo‘suldan 15 km uzoqlikda joylashgan Hammam al-Alil shahri markazini o‘z nazoratlari ostiga olishdi. Biroq bu shaharni jangarilardan to‘liq ozod qilishga muvaffaq bo‘lingani-yo‘qligi haqida ma'lumot berilmagan.

Shu bilan birga IShIDda Iroq armiyasi tomondan katta talofatlar ko‘rilgani ma'lum qilinmoqda. Jangarilarning ta'kidlashicha, bir sutka ichida Iroq qurolli kuchlari 150 harbiy, 29 ta Humvee zirhli mashinasi, ikkita "Abrams" tanki va bir nechta boshqa texnikani yo‘qotgan.

Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, jangarilar 11 ta Humvee va 5 ta Cougar zirhli mashinasini qo‘lga kiritgan. 

 

Mavzuga oid