Jamiyat | 07:23 / 08.11.2016
7665
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik zoologlar uch yangi qush turini aniqlashdi

Foto: 360tv.ru

Amerikalik zoologlar Afrikada biryo‘la uch yangi qush turini aniqlashdi. Bu haqida Systematics and Biodiversity jurnalida chop etilgan maqolada ma'lum qilindi. 

Manbaga ko‘ra, qushlarning yangi turlari Texasdagi A&M universiteti professori, Gari Uolker boshchiligidagi ekspeditsiya chog‘ida aniqlangan.

"Bu uch turning kashf qilinishi - Afrotropik o‘rmonlarida (Afrikaning Saxara janubi tomon biogeografik mintaqasi) qancha ko‘p noma'lum jonzotlar borligiga misol bo‘la oladi", - deydi muallif. 

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ikki yangi qush o‘rmonlarda, yana biri esa - Kongo havzasidan topilgan. Ekspeditsiya a'zolari birinchi topilgan ikki qushning bir-biriga o‘xshashi hamda tabiiy to‘siqlar bilan cheklanmagan yonma-yon muhitlarda yashashiga e'tibor qaratishgan.

 

Mavzuga oid