Klinton Trampdan ko‘proq ovoz olgan holda yutqazgani ma'lum bo‘ldi
Mahalliy vaqt bilan 9 noyabr kuni soat 6.55da (Toshkent vaqti bilan soat 16.55) hisoblangan ovozlarga ko‘ra, Hillari Klinton saylovchilarning umumiy soni bo‘yicha Donald Trampni ortda qoldirgani ma'lum bo‘ldi. Bu ma'lumot The New York Times nashri saytida keltirilgan.
Klinton uchun 58 mln 895 ming 309 nafar amerikalik ovoz bergan.
Shu bilan bir vaqtda Tramp uchun ovoz bergan amerikaliklar soni 58 mln 858 ming 904 nafar kishini tashkil qilib turibdi.
Hali 4ta shtatda kim g‘olib bo‘lgani aniqlanmadi. Minnesotada Hillari Klinton yetakchi, Michigan, Nyu-Hempshir va Arizonada esa Donald Tramp ustunlik qilmoqda.
Lekin Tramp saylov hay'atining yetarli ovozini to‘plab bo‘ldi va AQShning 45-prezidentiga aylandi (g‘alaba uchun kifoya qiladigan 270 ovozdan 279 ovoz).
Mavzuga oid
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024