Fan-texnika | 13:15 / 10.11.2016
7381
2 daqiqa o‘qiladi

Ferrari modellari uch yildan keyin qanday o‘zgarishlarga uchraydi?

Foto: Motor.ru

2019 yildan boshlab ishlab chiqariladigan barcha Ferrari modellari gibrid texnologiyaga ega bo‘ladi. Bu haqda Autocar nashriga ko‘ra, sarmoyadorlar bilan telefon orqali o‘tkazgan anjumanida Fiat Chrysler Automobiles alyansi rahbari Serjio Markionne ma'lum qilgan.

Markionnening aytishicha, odatdagi ichki yonuv dvigatellari va elektrmotorlardan birgalikda foydalanish avtomobillarning tez harakatlanish imkoniyatini oshirish barobarida, yoqilg‘i tejamkorligini ta'minlaydi. Bundan tashqari, modellar qatorining gibridlashuvi yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2025 yilga borib, yiliga 10 ming donagacha yetkazishga imkon beradi. 

Hozirda, yiliga 8 mingga yaqin turli rusumdagi Ferrari ishlab chiqariladi. Markionne avval ham bir necha marotaba ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida fikr bildirgan edi. Uning fikricha, kompaniya o‘sish segmentiga rioya qilishi va mijozlarni o‘z mashinalarini uzoq vaqt kutishga majbur qilmasligi kerak. 

Ferrari savdo belgisining sobiq rahbari Luka di Montezemolo esa, aksincha, ishlab chiqarilayotgan mashinalar sonini 7 mingdan oshirmaslik tarafdori edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shundagina modelning o‘ziga xosligi ta'minlanadi. 

Mavzuga oid