Sietldagi otishma Trampga qarshi namoyishlarga bog‘liq emas
Sietl shahri politsiyasining bayonot berishicha, besh kishining jarohat olishiga sabab bo‘lgan otishmaning shaharda bo‘lib o‘tgan namoyishlarga aloqasi yo‘q. Xabarlarga ko‘ra, Vashington shtatidagi shahar aholisi Donald Trampning AQSh prezidentligiga saylanganiga noroziliklarini izhor qilish maqsadida namoyishlar o‘tkazgan.
"Otishma, har holda, avvalroq Uestleykda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlariga bog‘liq emas", — deyiladi mahalliy politsiyaning Twitter sahifasida.
Bundan avvalroq, shahar politsiyasi Trampga qarshi namoyishlar hududida o‘qotar quroldan foydalangan holda jinoyat sodir etilgani haqida xabar qilgan edi. Jinoyatning nima maqsadda amalga oshirilgani va g‘arazgo‘yning qayerdaligi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024