Fan-texnika | 13:53 / 11.11.2016
4675
3 daqiqa o‘qiladi

LG Electronics kompaniyasi CES Innovation Awards’ning 21 yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi

Foto: LG

LG kompaniyasi o‘zining LGSIGNATURE OLED-televizori uchun beshinchi marta va “Eng Yaxshi Innovatsiyalar” yo‘nalishida ikkinchi marta ketma-ket CES Innovation Award’ning mukofotiga loyiq ko‘rildi. 

LG Electronics (LG) texnologiya va dizayn sohasidagi innova-tsiyalari uchun Iste'molchi texnologiyalar assotsiatsiyasi (ConsumerTechnologyAssociation (CTA™) tomonidan e'tirof etildi. U CES 2017 Innovation Awards’ning 21 mukofotini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi – LGSIGNATURE, OLED-televizor, shuningdek LG V20 yuqori samarali multimedia smartfoni kabi ultra-premium mahsulotlari uchun olingan mukofotlar shular jumlasidandir. LG’ning OLED televi-zorlari beshinchi yil ketma-ket CES Innovation Award mukofotiga munosib ko‘rilmoqda. 

Bundan tashqari, CES 2017 dunyodagi eng yirik texnologiyalar ko‘rgazmasining 50 yilligini nishonlamoqda. LG 11ta yuqori raqobat kuzatilgan yo‘nalishlarda e'tirofga sazovor bo‘ldi – maishiy texnologiya, audio va video mahsulotlar, simsiz telefonlar va aksessuarlar, video displeylar, Smart Home mahsulotlari, dunyoni yaxshilovchi texnologiyalar, eko-dizayn/chidamli texnologiyalar, portativ media-pleyerlar va kompyuter periferiyasi. Mukofotga sazovor bo‘lgan mahsulotlar 2017 yilning 5-7 yanvarida Las-Vegasdagi CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish etiladi. 

CES 2017 InnovationAward mukofotlarini qo‘lga kiritishda LGSIGNATURE brendi o‘zining televizorlari, kir yuvish mashinalari va idish-tovoq yuvuvchi texnologiyasi bilan yetakchilik qildi. LGSIGNATURE mahsulotlari LG’ning eng ilg‘or texnologiyalari va dunyo ahli talabiga javob beruvchi dizaynni o‘zida uyg‘unlashtirgan. 

CES Innovation Awards mukofoti g‘oliblari har yili CTA va Amerika sanoat dizaynerlari jamiyatining qo‘llab-quvvatlashi ostida hu sanoat dizaynerlari, muhandislar va jurnalistlar guruhi tomonidan tanlanadi. Ular mahsulotlarni iste'molchi uchun ahamiyatga ega bir qator jihatlariga (estetika, innovatsion dizayn, sifat va turmush sifatiga qo‘shgan hissasi) ko‘ra baholashadi. 

LG’ning Innovation Award mukofotlari egalarining to‘liq ro‘yxati kompaniya tomonidan 2017 yilning 4 yanvarida CES matbuot konferensiyasida Las-Vegasdagi MandalayBayResort’da e'lon qilinadi.

LGElectronics kompaniyasi haqida:

LG Electronics, Inc (KSE: 066570.KS) elektronika, mobil aloqa va maishiy texnika bozoridagi innovatsion texnologiyalar ishlab chiqaruvchisi va yetakchisi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 125 idorasida 77 ming kishi faoliyat yuritadi. 2015 yilgi umumiy sotuvlar hajmi – 48,8 milliard AQSh dollari. LG to‘rt bo‘limga ega: HomeAppliance&AirSolutions, MobileCommunications, HomeEntertainment va VehicleComponents. Kompaniya haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi saytga tashrif buyu-ring: http://www.lg.com

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid