Sport | 17:59 / 12.11.2016
7403
1 daqiqa o‘qiladi

Bokschi Fyuri Tramp yordamchisi bo‘lishga munosibligini aytmoqda

Jahon boks tashkiloti (WBO), Jahon Boks Assotsiatsiyasi (WBA) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO)ning sobiq jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri AQShning yangi prezidenti Donald Trampga ajoyib yordamchi bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirmoqda. Sobiq professional bokschi Twitter sahifasida shu haqda yozmoqda

«Kim bilsin, balki tez orada men bosh vazir bo‘larman. Tramp prezident bo‘lishni uddalagan ekan, nega bo‘lmasin? Biroq, unga yangi yordamchi lozim bo‘lsa, mendan yaxshisini topa olmaydi», — deb yozgan Fyuri.

Mavzuga oid